Muhit muammolari jadvali — o'qituvchi uchun
Bu sahifa o’quvchilar uchun emas — 0-darsni olib boradigan o’qituvchi uchun. Darsdan bir kun oldin o’qib chiqing va “Oldindan tayyorgarlik” bo’limini bajaring: sinfda muammo chiqqanda qidirishga vaqt bo’lmaydi.
Oldindan tayyorgarlik
“Oldindan tayyorgarlik” bo'limiga havola- Python o’rnatish faylini (
python.orgdan) va VS Code o’rnatish faylini USB’ga yuklab qo’ying — sinf interneti 25 kompyuterga bir vaqtda yetmaydi. - Python kengaytmasining
.vsixfaylini ham yuklab oling: marketplace.visualstudio.com sahifasidaDownload Extensionhavolasi bor. - IT mas’ulidan antivirus istisnolarini oldindan so’rang (quyidagi jadvalga qarang).
- Tayyor settings.json faylini ham USB’ga oling.
Muammolar jadvali
“Muammolar jadvali” bo'limiga havola| Belgi | Sabab | Yechim |
|---|---|---|
python buyrug’i topilmadi (is not recognized) |
O’rnatishda Add Python to PATH belgilanmagan |
Qayta o’rnatib katakni belgilash. Tezkor vaqtinchalik yechim: python o’rniga py buyrug’ini sinash |
python yozilganda Microsoft Store ochiladi |
Windows’ning bo’sh python yorlig’i ishga tushyapti |
python.org versiyasini o’rnatish; Settings → Apps → App execution aliases da python.exe va python3.exe ni o’chirish |
Run (uchburchak) tugmasi yo’q |
Python kengaytmasi o’rnatilmagan yoki hali yuklanyapti | Kengaytmani o’rnatish, VS Code’ni to’liq yopib qayta ochish |
Kod ishlaydi, lekin import xato beradi |
VS Code boshqa interpretatorni tanlagan | Ctrl+Shift+P → Python: Select Interpreter → to’g’ri versiyani tanlash |
| Sinfda internet sekin, kengaytma yuklanmaydi | 25 kompyuter bir kanalda | Oldindan yuklangan .vsix faylni USB orqali tarqatish: Extensions paneli → ... → Install from VSIX |
| Administrator paroli so’rayapti | Maktab kompyuterida cheklangan hisob | Python’ni Customize installation → Install for me only bilan o’rnatish; VS Code’ning User Installer versiyasi ham admin so’ramaydi |
| Antivirus o’rnatishni bloklayapti | Maktab antivirusi noma’lum .exe ni to’xtatadi |
Darsdan oldin IT bilan python.org va VS Code fayllariga istisno qo’shish |
Hammada birdan IndentationError |
Tab va bo’shluq aralashgan (ayniqsa koddan nusxa olganda) | Tayyor settings.json ni qo’llash: "editor.insertSpaces": true, "editor.tabSize": 4 |
| Terminalda kirill harflar krakozyabra | Terminal kodirovkasi | Ko’pincha e’tibor bermasa ham bo’ladi — darslikdagi barcha misollar lotin. Zarur bo’lsa: terminalga chcp 65001 |
salom.py ishlaydi, input() yozilgan kod “osilib qoladi” |
Programma foydalanuvchi kiritishini kutyapti — bu xato emas | Terminalni bosib javob yozish kerakligini ko’rsatish. Bu 4-darsda alohida o’tiladi |
Vaqt taqsimoti (2 soat)
“Vaqt taqsimoti (2 soat)” bo'limiga havola| Daqiqa | Qadam |
|---|---|
| 0–10 | Kirish: nega muhit, nega VS Code |
| 10–35 | 1–2-qadam: Python + VS Code o’rnatish (USB’dan) |
| 35–50 | 3–5-qadam: kengaytma, papka, interpretator |
| 50–70 | 6–7-qadam: birinchi programma + terminal. Har o’quvchida ishlashi shart |
| 70–90 | 8-qadam: debugger bilan tanishuv |
| 90–105 | 9–10-qadam: nomlash qoidalari, settings.json |
| 105–120 | Zaxira: ulgurmagan kompyuterlarga yordam, sinov savollari |
Eng muhim nazorat nuqtasi — 70-daqiqa: shu paytgacha har bir o’quvchi
Salom, STEAM Academy! ni o’z ekranida ko’rgan bo’lishi kerak. Ko’rmaganlar bilan
zaxira vaqtda ishlanadi, dars davom etaveradi.