Asosiy mazmunga o'tish

Python Basic

Bu modul dasturlashni noldan boshlaydi. Yakunida sizda ishlaydigan programma bo’ladi — va undan muhimrog’i: xotirada nima bo’layotganini tushuntira olasiz.

Birinchi dars — VS Code muhitini sozlash. U 20 darsning hech biriga o’xshamaydi va uni o’tkazib bo’lmaydi: Python o’rnatilmasa, qolgan hamma narsa qog’ozda qoladi.

20 dars, 5 blokka bo’lingan. Har blok o’z rangiga ega — dars ochganda yuqoridagi rangli chizig’idan qaysi blokda ekaningizni bilasiz.

1-blok · Mashina buyruqni qanday tushunadi

Interpretator, o’zgaruvchi (yorliq, quti emas), turlar va input(). 1–4 darslar

2-blok · Qarorlar va takrorlash

if/elif, while, for va to’rt akkumulyator naqshi, ichma-ich sikllar. 5–8 darslar

3-blok · Ma'lumotni saqlash

Ro’yxat va aliasing, satr va slicing, lug’at va hash, ichma-ich tuzilmalar. 9–12 darslar

4-blok · O'z buyruqlaringizni yasash

Funksiya (returnprint), qamrov va chaqiruv steki, rekursiya, modul. 13–16 darslar

5-blok · Haqiqiy programma

Traceback o’qish, fayl va CSV, testlash, yakuniy loyiha va AI kodini tekshirish. 17–20 darslar

Har blok oxirida 15 savollik test bor: 1-blok · 2-blok · 3-blok · 4-blok · 5-blok.

Dars boshida — real hayotdan misol. Keyin nazariya, so’ng bashorat: kod ko’rsatiladi va siz natijani ishga tushirishdan oldin yozasiz. Keyin simulyator (klaviatura bilan qadamlanadi), ataylab buzuq kod, besh savol va uch darajali topshiriq.

Simulyatorlar oflayn ishlaydi: brauzerda Python yuklanmaydi, shuning uchun sinf interneti sekin bo’lsa ham hammasi ochiladi. Haqiqiy Python esa sizning kompyuteringizda, VS Code’da ishlaydi.

Progressni ko'rish uchun JavaScript kerak. Barcha 20 dars quyidagi ro'yxatda ochiq turadi.

Sizning progressingiz

0/20 dars

0kun ketma-ket

Nishonlar

  • Birinchi ProgrammaInterpretator, o'zgaruvchi va turlarni egalladingiz1–4 darslar
  • Sikl UstasiShart va takrorlashni boshqara oldingiz5–8 darslar
  • Ma'lumot Me'moriRo'yxat, satr va lug'atda ma'lumot saqladingiz9–12 darslar
  • Funksiya QuruvchiO'z buyruqlaringizni yasab, modulga joyladingiz13–16 darslar
  • Haqiqiy DasturchiXato tuzatib, fayl o'qib, test yozib loyiha topshirdingiz17–20 darslar

1–19-darslarda AI’dan kod so’ralmaydi va sabab darslikda ochiq yozilgan: yechimni ko’rgan miya o’z modelini qurmaydi. 20-darsda tartib o’zgaradi — AI kod yozadi, siz tekshirasiz.

Bu mavzuning to’liq ko’rinishi AI Fundamentals modulida.

Computer Fundamentals modulining 1–4 darslari. Ikkilik sanoq va algoritm tushunchasini bilish kifoya. Modul davomida CF ga ilmoqlar bo’ladi: xotira, hash, stek va kodlash — hammasi o’sha yerdan keladi.

Sizda uch narsa bo’ladi: ishlaydigan yakuniy loyiha, xatoni o’zingiz topish ko’nikmasi va AI kodini tekshirish odati. Keyingi qadam — Algorithms yoki AI Fundamentals.