Elektronika asoslari
Tok, kuchlanish, rezistor, xavfsizlik qoidalari
Bu modulda kod ekranda qolmaydi — u aylanadi, yorug’lik sezadi, to’siqdan qochadi. Programma bilan fizik dunyo shu yerda uchrashadi.
Mantiqiy amallar va kirish/chiqish tushunchasi (Computer Fundamentals, 5–9 darslar). Python Basic tavsiya etiladi.
Arduino Uno, non-taxta (breadboard), simlar, LED, rezistor, tugma, ultratovush sensori, servo va DC motorlar. To’liq ro’yxat modul boshida beriladi.
Elektronika asoslari
Tok, kuchlanish, rezistor, xavfsizlik qoidalari
Birinchi sxema
LED yoqish, non-taxtada ulash, blink programmasi
Raqamli kirish/chiqish
Tugma o’qish, signal, pinMode va mantiqiy holatlar
Analog signal
Potensiometr, yorug’lik sensori, qiymatni o’lchash
Motorlar
Servo va DC motor boshqaruvi, PWM
Sensorlar
Masofa, harorat, harakat — muhitni o’qish
Qaror qabul qilish
Sensor + shart = xatti-harakat. Oddiy avtomat
Yakuniy loyiha
To’siqdan qochadigan robot yoki chiziq bo’ylab yuruvchi
Sizning o’zingiz yig’gan va programmalashtirgan, mustaqil harakatlanadigan robotingiz bo’ladi.