Asosiy mazmunga o'tish

Python Basic — Qatlam topshiriqlari mezonlari

Qatlam topshiriqlarining ko’pchiligida bitta to’g’ri javob yo’q — ular kod yozish topshiriqlari. Shuning uchun bu yerda javob kaliti emas, nimani izlash kerakligi yozilgan.

Mezon Ball Nimaga qaraladi
Ishlaydi 1 Kod xatosiz ishga tushadi va topshiriqni bajaradi
Chegara tekshirilgan 1 Nol, manfiy son, bo’sh kirish sinab ko’rilgan
O’qiladi 1 Nomlar ma’noli, chekinish tekis, keraksiz kod yo’q

Uch balldan uchtasi — to’liq. Ikkitasi — qabul qilinadi. Bittasi — qayta topshiriladi.

Asos qatlamida ikkinchi mezon yumshoq qo’llaniladi, chuqur qatlamida esa u asosiy mezon.


1-dars. Asos: print bilan uch qator chiqarilishi. Mustahkam: xatoni ataylab chiqarib, SyntaxError qator raqamini to’g’ri o’qigani. Chuqur: xatoning oldingi qatorda bo’lishi mumkinligini topgan javob — to’liq ball.

2-dars. Asos: nomlash qoidalari bajarilgan. Mustahkam: id() bilan tekshiruv bor. Chuqur: sonlarda b = a xavfsiz, ro’yxatlarda esa yo’q degan farqni sabab bilan ayta olsa — to’liq ball.

3-dars. Asos: // va % mos joyda. Mustahkam: pulni bo’lish masalasi to’g’ri (qoldiq yo’qolmagan). Chuqur: 0.1 + 0.2 natijasini CF 3-darsi bilan bog’lasa — to’liq ball.

4-dars. Asos: int(input(...)) to’g’ri qo’yilgan. Mustahkam: kasr son uchun float(). Chuqur: foydalanuvchi harf kiritgan holat o’ylab ko’rilgan (himoya hali try/except bilan bo’lmasa ham, muammo aytilgan bo’lsa yetadi).

5-dars. Asos: if/elif/else ishlaydi. Mustahkam: elif tartibi to’g’ri — qattiq shart yuqorida. Chuqur: chegara qiymatlar (90, 89, 50) alohida tekshirilgan.

6-dars. Asos: sikl ishlaydi va to’xtaydi. Mustahkam: uch qism aniq ko’rsatilgan. Chuqur: cheksiz sikl ataylab yasab, keyin tuzatilgan va sabab yozilgan.

7-dars. Asos: for va range to’g’ri. Mustahkam: to’rt naqshdan kamida uchtasi ishlatilgan. Chuqur: maksimumni sonlar[0] dan boshlagan — bu asosiy mezon; eng = 0 bo’lsa manfiy sonlar bilan sinab ko’rsatish kerak.

8-dars. Asos: ichma-ich sikl naqsh chiqaradi. Mustahkam: qadamlar soni hisoblangan. Chuqur: o’lchamni ikki barobar oshirganda ish to’rt barobar oshishini raqam bilan ko’rsatgan.

9-dars. Asos: ro’yxat amallari ishlaydi. Mustahkam: id() bilan aliasing isbotlangan. Chuqur: nusxa olishning uch usuli va ular orasidagi farq (copy(), [:], list()) — hammasi sirtqi nusxa ekani aytilgan bo’lsa, to’liq ball.

10-dars. Asos: slicing to’g’ri. Mustahkam: «S» + s[1:] naqshi ishlatilgan. Chuqur: satr metodlari zanjiri (strip().lower().replace(...)) va har biri yangi satr yasashini tushungan.

11-dars. Asos: lug’at yaratilgan va aylanib chiqilgan. Mustahkam: so’z sanash masalasi get() bilan. Chuqur: qadamlar sonini ro’yxatli yechim bilan solishtirgan va to’plam amallari (kesishma, ayirma) ishlatilgan.

12-dars. Asos: ikki qavatli tuzilma. Mustahkam: uch qavat va qavat-qavat murojaat. Chuqur: print(type(...)) bilan tekshiruv odati ko’rinib turgan bo’lsa — to’liq ball.

13-dars. Asos: funksiya return bilan yozilgan va uch marta chaqirilgan. Mustahkam: standart qiymatli parametr va bir funksiya ikkinchisini chaqiradi. Chuqur: chegara holatlari (90, 89, 70, 50, 0, manfiy) tekshirilgan va manfiy ball uchun qaror aytilgan — qaysi qaror bo’lishi muhim emas, asoslangani muhim.

14-dars. Asos: chaqiruv steki qo’lda chizilgan. Mustahkam: UnboundLocalError ikki xil tuzatilgan va parametr yo’lining afzalligi ikki sabab bilan. Chuqur: traceback qatorma-qator izohlangan va «nega pastdan yuqoriga» savoliga javob berilgan.

15-dars. Asos: sanoq(n) ishlaydi; print joyini almashtirib natija o’zgarishini yozgan. Mustahkam: rekursiv va sikl variantlari solishtirilgan; yigindi(2000) da RecursionError chiqishini izohlagan. Chuqur: ichma-ich lug’atni aylanadigan rekursiv funksiya va uch chegara holati.

16-dars. Asos: ikki fayl bir papkada, import ishlaydi. Mustahkam: modul ikki marta import qilinganda print bir marta chiqishini izohlagan; import ning uch shakli sinab ko’rilgan. Chuqur: random.py tuzog’i qayta yasab ko’rilgan va __pycache__ roli aniqlangan.

17-dars. Asos: uch traceback uch qismga ajratilgan. Mustahkam: try/except bilan himoya va har chegara holat uchun qaror. Chuqur: debugger va print usullari vaqt bilan solishtirilgan.

18-dars. Asos: CSV o’qilgan va «a» rejimi ishlatilgan. Mustahkam: uch naqsh va bo’sh qatordan himoya. Chuqur: faylga yozish va uch chegara holat; ichida vergul bo’lgan ism uchun qaror aytilgan (qo’shtirnoq bilan o’rash yoki boshqa ajratuvchi) — qaror asoslangan bo’lsa to’liq ball.

19-dars. Asos: uch assert. Mustahkam: to’rt chegara holati va buzuq versiyani ushlagan test aniqlangan. Chuqur: qayta yozilgan kod, uch punktli solishtirish va bo’sh kirish uchun qaror testda yozilgan.

20-dars — yakuniy loyiha. Uch qatlam alohida baholanadi.

Qatlam Talab Majburiy shart
Asos turtle naqshi, input() bilan rang va tomonlar soni Kamida bitta funksiya va bitta sikl
Mustahkam CSV dan hisobot: o’rtacha, eng yuqori, eng past, 5 olganlar soni Uch funksiya, with open + encoding, bo’sh qatordan himoya
Chuqur Yuqorisi + testlar, try/except, alohida modul, README.md Har funksiyaga 3 assert, to’rt chegara holati

Chuqur qatlamda qo’shimcha shart: agar biror qismda AI ishlatilgan bo’lsa, README.md da uch qator bo’lishi kerak — qaysi qismda ishlatildi, nima tekshirildi, qaysi xatoni topdi. Bu 20-darsning mavzusi va u baholanadigan mezon.