Yigirma bir sahifa: muhit-sozlash (0-dars) va 20 dars. Tuzilma bir xil bo’lgani
uchun bu sahifada yigirmata jadval yozilmaydi — avval umumiy tuzilma , keyin
har dars uchun urg’u, qarshilik va tayyorgarlik.
▲ 0-dars — ikki soat, 45 daqiqa emas
VS Code sozlash darsida 25 o’quvchining 25 xil kompyuteri bor. Bir soatga
sig’dirishga urinsangiz, yarim sinf sozlanmagan holda qoladi va keyingi
darslarda ular ishlay olmaydi. Muammolar jadvalini
darsdan bir kun oldin o’qib chiqing.
Vaqt
Bosqich
Nima bo’ladi
0–4
Kirish
<Hayotda> blokini o’qituvchi o’qiydi. Bitta savol: «sizda shunday bo’lganmi?»
4–7
Maqsad
Uch ko’nikma doskaga yoziladi. Dars oxirida shu uchtaga qaytiladi
7–18
Nazariya
Bo’limlarni ketma-ket o’qish EMAS. O’qituvchi asosiy g’oyani aytadi, kod bloklarini o’quvchilar o’zlari terib ko’radi
18–25
Bashorat
Majburiy. <KodBashorat> — har o’quvchi natijani daftariga YOZADI, keyin ovoz berish, keyingina ochiladi
25–34
Simulyator
Individual yoki juftlikda, ← → bilan qadamlab
34–39
Xatoni toping
<Xato> bloki. Avval o’zlari topadi, keyin sabab ochiladi
39–43
Sinov
<Sinov> savollari og’zaki, tez
43–45
Topshiriq
<Qatlam> dan mos daraja tanlanadi va uy vazifasi aytiladi
Vaqt
Bosqich
0–10
Nega VS Code: bir necha fayl, debugger, terminal bir joyda
10–35
Python o’rnatish. Add Python to PATH katagi — ekranga chiqarib ko’rsatiladi
35–50
VS Code o’rnatish va Python kengaytmasi (.vsix zaxirada bo’lsin)
50–65
Papka ochish (File → Open Folder), nomlash qoidalari
65–75
Interpretator tanlash: Ctrl+Shift+P → Python: Select Interpreter
75–90
Birinchi programma, Run tugmasi, terminal
90–105
Terminal: python salom.py qo’lda ishga tushirish
105–120
Debugger: F5, breakpoint, Variables, F10. 17-darsda qayta ishlatiladi
Tanaffus 60-daqiqada. O’rnatish paytida navbatga tushgan o’quvchilarga fayl
nomlash qoidalarini o’qish topshirig’i beriladi.
Dars
Urg’u
Sinfda chiqadigan qarshilik
Tayyorgarlik
1 Interpretator
«Kompyuter siz yozganingizni bajaradi»
«Men shunday demoqchi edim» — aynan shu gap darsning mavzusi
—
2 O’zgaruvchi — yorliq
a = b nusxa OLMAYDI
«Lekin sonlar o’zgarmadi-ku» — to’g’ri, 9-darsda qaytamiz
id() ni proyektorda ko’rsating
3 Turlar
// va % amaliy ma’nosi
«Nega / kasr beradi?» — pulni bo’lishda ikkalasi kerak
—
4 Kirish/chiqish
input() har doim satr
«Men son kiritdim-ku» — type() bilan ko’rsating
Bu dars 17-darsdagi TypeError bilan bog’lanadi
Dars
Urg’u
Sinfda chiqadigan qarshilik
Tayyorgarlik
5 if/elif
elif tartibi natijani o’zgartiradi
«Ikkalasi ham to’g’ri-ku» — 95 ballni sinab ko’rsating
Baho qo’yish misolini doskaga chizing
6 while
Siklning uch qismi
Cheksiz sikl — Ctrl+C ni oldindan o’rgatib qo’ying
Terminalda Ctrl+C ni ko’rsating
7 for/range
To’rt naqsh, range(5) da 5 yo’q
«Bittaga adashish» — chegarani doskada sanang
—
8 Ichma-ich sikl
Qadamlar ko’paytiriladi
«Sekin ishlayapti» — bu dars aynan shu haqda
—
Dars
Urg’u
Sinfda chiqadigan qarshilik
Tayyorgarlik
9 Ro’yxat, aliasing
Modulning eng og’ir darsi. b = a ikkinchi yorliq
«Men nusxa oldim-ku» — id() bilan isbot
Bu darsga vaqtni siqmang. Kerak bo’lsa Sinov qismini qisqartiring
10 Satr — o’zgarmas
Yangisi yasaladi, o’zgartirilmaydi
«Nega ro’yxatda mumkin, satrda yo’q?» — mutable/immutable
—
11 Lug’at
Hash tufayli bir qadam
«Ro’yxat ham ishlaydi-ku» — qadamlar sonini solishtiring
—
12 Ichma-ich tuzilma
Har qavat bitta savolga javob beradi
Uzun murojaatda chalkashish — print(type(...)) odati
—
Dars
Urg’u
Sinfda chiqadigan qarshilik
Tayyorgarlik
13 Funksiya
return ≠ print
«Ekranda chiqdi-ku» — simulyatorning 3-qadamini ko’rsating
Bu darsni shoshmasdan o’tkazing
14 Qamrov, stek
Har chaqiruv o’z xonasi
«Nega tashqi x o’zgarmadi?» — «Qamrov» varianti
CF 9-darsni eslatib o’ting
15 Rekursiya
Bazaviy holat + kichrayish
«Bu sikl bilan osonroq» — to’g’ri, va bu ham javob
«Bazasiz» variantini albatta ko’rsating
16 Modul, import
Skript papkasi kutubxonadan oldin
«Kodim nega ishlamayapti?» — random.py bo’lishi mumkin
Papkada random.py yasab ko’rsating
Dars
Urg’u
Sinfda chiqadigan qarshilik
Tayyorgarlik
17 Xatoni topish
Traceback pastdan yuqoriga
«Bu tushunarsiz» — bir marta to’g’ri tartibda o’qib bering
Debugger’ni proyektorda ishlatib ko’rsating
18 Fayl va CSV
Bo’sh qator ko’rinmaydi
«Kodim to’g’ri-ku» — faylni oxiriga Enter bosib ko’rsating
baholar.csv faylini oldindan tayyorlang
19 Testlash
Testning soni emas, qaysi holat
«Testim o’tdi» — buzuq versiyani sinang
—
20 Capstone + AI
AI kod yozadi, o’quvchi tekshiradi
«19 dars taqiqlangan edi-ku» — tartib o’zgardi, sababini tushuntiring
Capstone muddatini oldindan e’lon qiling
Blok testlari (blok-N-test) o’z-o’zini tekshirish uchun — javob darhol
ochiladi. Baholanadigan variant Google Forms sahifasida .
Yakuniy loyiha uch qatlamda baholanadi. Mezonlar:
Qatlam topshiriqlari javoblari .