Yo'l xaritalari — qayerdan boshlash va keyin nima qilish
Saytda beshta to’liq modul va 190 dan ortiq sahifa bor. Lekin yangi kelgan o’quvchi buning o’rniga to’qqizta modul nomini ko’radi va bitta savol bilan qoladi: qaysi biridan boshlash kerak.
Yo’l xaritasi shu savolga javob beradi. U yangi dars yozmaydi — mavjud darslarni maqsadga qarab tartiblab beradi va har qadamdan keyin nima kelishini ko’rsatadi.
Uch yo’l
“Uch yo’l” bo'limiga havolaMaktab bosqichlari
1-sinfdan 11-sinfgacha: qaysi yoshda nima o'rganiladi va har bosqich nima bilan tugaydi.
- Kimga
- Har bir o'quvchi va o'qituvchi uchun. Boshqa ikki yo'l shundan tarmoqlanadi.
- Rost vaqt
- ~11 yil · haftasiga 1–8 soat (sinf oshgani sari ko'payadi)
- Hajmi
- 5 bosqich · 32 tugun
Sport dasturchi
Maktab olimpiadasidan IOI gacha: qaysi darajada nima talab qilinadi va qanday mashq qilinadi.
- Kimga
- Jumboq yechishni yoqtiradigan, matematikadan qo'rqmaydigan 7-sinf va undan katta o'quvchi.
- Rost vaqt
- ~2–4 yil · haftasiga 8–15 soat
- Hajmi
- 6 bosqich · 47 tugun
AI muhandisi
AI bilan ishlaydigan mahsulot quruvchi bo'lish yo'li: poydevor, muhandislik, ma'lumot, model va mahsulot.
- Kimga
- Ma'lumot va bashorat qiziqtiradigan, matematikani tashlab ketmaydigan 8-sinf va undan katta o'quvchi.
- Rost vaqt
- ~2–4 yil · haftasiga 10–15 soat
- Hajmi
- 8 bosqich · 39 tugun
Maktab yo’li asosiy: qolgan ikkitasi undan tarmoqlanadi. 9–10-sinfda o’quvchi ulardan birini asosiy qilib oladi, lekin hech biri yopilmaydi.
Qayerdan boshlayman
“Qayerdan boshlayman” bo'limiga havolaQayerdan boshlayman
Besh savol, bir daqiqa. Natija sizga bitta yo'l va birinchi qadamni ko'rsatadi.
Testni ishlatish uchun JavaScript kerak. U o'chiq bo'lsa ham hech narsa yo'qolmaydi: quyidagi uch yo'lni ochib, boshidagi «rost gap» bo'limini o'qing — tanlov aynan shu yerda hal bo'ladi.
Sizga yo'lining bosqichi mos.
Bu natija taxmin, tashxis emas. U sizning qobiliyatingizni o'lchamaydi va hech qanday yo'lni yopmaydi. Yo'lni istalgan kuni o'zgartirishingiz mumkin — buning uchun ruxsat so'ralmaydi.
Boshqa yo'llar: Maktab bosqichlari · Sport dasturchi · AI muhandisi
Natija chiqishi uchun beshala savolga javob bering.
Bu xaritalar nimaga suyanadi
“Bu xaritalar nimaga suyanadi” bo'limiga havolaUchta xarita ham noldan o’ylab topilmagan. Ular ochiq manbalardan yig’ildi va o’zbek maktabi sharoitiga moslandi: roadmap.sh, USACO Guide, IOI Syllabus, Antti Laaksonen ning Competitive Programmer’s Handbook i, OSSU, fast.ai, Karpathy ning Zero to Hero kursi, AI4K12 va CSTA K-12 standartlari. Har yo’l sahifasining oxirida uning o’z manbalari ro’yxati turadi.
Uch qoida — ular buzilmaydi
“Uch qoida — ular buzilmaydi” bo'limiga havolaVaqt rost yoziladi. «Uch oyda AI muhandisi» degan gap sahifani jozibali qiladi va o’quvchini to’rtinchi oyda yo’qotadi: u o’zini qobiliyatsiz deb hisoblaydi, aslida esa unga yolg’on raqam berilgan bo’ladi. Shuning uchun har yerda diapazon turadi — ~4–6 oy · haftasiga 8–10 soat ko’rinishida.
Har bosqichning tekshiruvi bor. «O’rgandim» degan tuyg’u aldaydi. Shu sababli har tugunda va har bosqichda ha yoki yo’q javob beradigan aniq sinov yozilgan: «Codeforces Div3 ning A va B masalalarini 40 daqiqada yechasiz» — o’rtasi yo’q.
Avval ichkariga havola. Har tugun birinchi navbatda STEAM Academy darsiga olib boradi. Dars hali yozilmagan bo’lsa tashqi manba beriladi va u ochiq belgi bilan ajratiladi: Bizda hali yo’q — tashqi manba. Bu ro’yxat ayni paytda kelajakdagi kontent rejasi hamdir.
Xarita nima qilmaydi
“Xarita nima qilmaydi” bo'limiga havolaXarita hech narsani bloklamaydi. Xohlagan tugundan boshlashingiz mumkin; oldingi qadam bajarilmagan bo’lsa faqat ogohlantirish chiqadi. Belgilaringiz shu brauzerda saqlanadi, hech qayerga yuborilmaydi va har sahifada «Belgilarni tozalash» tugmasi turadi.
Test natijasi ham tashxis emas. U mo’ljal beradi va yo’lni istalgan kuni o’zgartirishingiz mumkin — buning uchun ruxsat so’ralmaydi.
To’rtinchi yo’l
“To’rtinchi yo’l” bo'limiga havolaFaqat sport dasturlash va AI ko’rsatilsa, manzara noto’g’ri bo’ladi: bitiruvchilarning katta qismi oddiy dasturchi bo’ladi va bu juda yaxshi kasb. Dasturchi (veb va backend) yo’li tayyorlanmoqda; hozircha uning skeleti maktab yo’lining 4-bosqichida turibdi va Web Development moduli rejasiga ishora qiladi.
Devorga osish uchun
“Devorga osish uchun” bo'limiga havolaHar yo’l sahifasi Ctrl+P bilan A3 poster bo’lib chiqadi: bosqichlar, tugunlar va vaqt. Interaktiv qismlar qog’ozda yashiriladi. Sinf yoki koridor devoriga osish uchun mo’ljallangan.
O’qituvchi uchun alohida sahifa bor: yo’llarni sinfda qanday ishlatish.