Asosiy mazmunga o'tish

Google Forms uchun test matnlari

Darslikdagi blok testlari o’z-o’zini tekshirish uchun: javob darhol ochiladi. Baholanadigan variant kerak bo’lsa, quyidagi tartibda Google Forms’ga ko’chiriladi.

  1. forms.google.com da yangi so’rovnoma oching
  2. Sozlamalar (⚙) → Quizzes → «Make this a quiz» yoqiladi
  3. Sozlamalar → Responses → Collect email addresses (kim topshirganini bilish uchun)
  4. Sozlamalar → Presentation → Shuffle question order — savollar aralashadi
  5. Har savol turi: Multiple choice, 4 variant, 1 ball
  6. Har savolda «Answer key» ni ochib, to’g’ri variantni belgilang va Feedback maydoniga darslikdagi izohni ko’chiring — bu eng foydali qism
  7. Savollarni darslik sahifasidan nusxalang: har blok testi alohida sahifa

Savol matnlari darslikda tayyor turibdi — ularni qayta yozish shart emas:

Har blokda 15 savol. Variantlar darslikdagi tartibda (A, B, C, D).

1-blok 2-blok 3-blok 4-blok 5-blok
1 B C B B B
2 C B B B B
3 B B B C B
4 B B B B B
5 C C B C C
6 B B B B B
7 C B B B B
8 C B C B C
9 B B B B B
10 C C B C B
11 B B B B B
12 B B C B B
13 B B B C B
14 B B B B C
15 B B C B B

15 savol, har biri 1 ball.

Ball Talqin Nima qilinadi
13–15 Blok o’zlashtirilgan Keyingi blokka o’tiladi
10–12 Asosiy g’oyalar bor Xato savollarga mos darslar qayta o’qiladi
7–9 Bo’shliqlar bor Blok simulyatorlari qayta ishlanadi
0–6 Blok qayta o’tiladi Test emas, dars muammosi — usulni o’zgartiring

Oxirgi qatorga alohida e’tibor: butun sinf 6 dan past ball olsa, muammo o’quvchilarda emas. Odatda sabab bitta — simulyatorga vaqt yetmagan va tuzoq o’tkazib yuborilgan.

Google Forms’da alohida forma sifatida ham tuzish mumkin (o’qituvchi to’ldiradi):

Mezon Ball
Muammo aniq va bir gapda aytilgan 0–2
Muammo haqiqiyligi tekshirilgan (3 odam) 0–2
Yechim ko’rsatilgan (namuna, chizma, sinov) 0–3
Oshkoralik varaqasi majburiy — yo’q bo’lsa ish qabul qilinmaydi
Dalillar va havolalar tekshirilgan 0–3
AI Jurnalidan haqiqiy xato keltirilgan 0–2
Taqdimot vaqtga sig’gan va tayyorlangan 0–2
Kuchsiz joy o’zi tomonidan aytilgan 0–2
Chuqur qatlam: AI’siz muqobil bilan taqqoslash 0–4

Maxfiylik sharti buzilgan bo’lsa (boshqa odam haqidagi ma’lumot AI ga berilgan), ish qaytariladi va qayta topshiriladi — ball qo’yilmaydi.