Dars rejalari — AI Fundamentals, 20 dars
Yigirma darsning tuzilishi bir xil — shuning uchun bu sahifada yigirmata bir xil jadval yozilmaydi. Avval umumiy 45 daqiqalik tuzilma beriladi, keyin har dars uchun uch narsa: nimaga urg’u berish, sinfda qanday qarshilik chiqishi va darsdan oldin nima tayyorlash.
Umumiy tuzilma — 45 daqiqa
“Umumiy tuzilma — 45 daqiqa” bo'limiga havola| Vaqt | Bosqich | Nima bo’ladi |
|---|---|---|
| 0–4 | Kirish | <Hayotda> blokini o’qituvchi o’qiydi yoki proyektorda ko’rsatadi. Bitta savol: «sizda shunday bo’lganmi?» |
| 4–8 | Maqsad | Uch ko’nikma aytiladi va doskaga yoziladi. Dars oxirida shu uchtaga qaytiladi |
| 8–20 | Nazariya | Bo’limlarni ketma-ket o’qish EMAS. O’qituvchi asosiy g’oyani aytadi, o’quvchilar <Atama> bloklarini o’zlari o’qiydi |
| 20–30 | Simulyator | Individual yoki juftlikda. O’qituvchi yurib, natijani so’raydi: «qanday raqam chiqdi?» |
| 30–37 | Tuzoq | Majburiy. Avval har kim o’zi topadi, keyin ovoz berish: kim nechanchi qismni tanladi. Keyingina ochiladi |
| 37–42 | Munozara yoki Sinov | Munozara savollaridan bittasi yoki <Sinov> savollari og’zaki |
| 42–45 | Agentlik | 24 soatlik topshiriq aytiladi va yoziladi. AI Jurnaliga yozilishi eslatiladi |
Qatlam topshirig’i uy vazifasi sifatida beriladi. Daraja sinfga qarab tanlanadi — javoblar va mezonlar alohida sahifada.
Ikki muqobil ritm
“Ikki muqobil ritm” bo'limiga havolaSinfda internet yo’q: simulyatorlar oflayn ishlaydi, shuning uchun tuzilma o’zgarmaydi. Faqat «Ko’proq o’rganish» havolalari uy vazifasiga ko’chadi.
Bir soat o’rniga ikki soat: simulyatorga 20 daqiqa, munozaraga 15 daqiqa beriladi va Qatlam topshirig’i sinfda boshlanadi.
Har dars uchun
“Har dars uchun” bo'limiga havola1-blok · AI qanday ishlaydi
“1-blok · AI qanday ishlaydi” bo'limiga havola| Dars | Urg’u | Sinfda chiqadigan qarshilik | Tayyorgarlik |
|---|---|---|---|
| 1 AI nima va nima emas | «AI sizni tushunmaydi — u naqsh topadi» | «Lekin u men bilan gaplashadi-ku» — javob: gaplashish ≠ tushunish, 6-darsda ochamiz | Modul sahifasidagi AI Jurnali shablonini ko’rsatib qo’ying |
| 2 Naqsh topish | Ikki raqam: o’rgatilganda va ko’rmaganda | «Bir misolda ham to’g’ri topdi-ku» — simulyatorda ko’rmagan misoldagi raqamni ko’rsating | — |
| 3 Ma’lumot | Ko’r nuqta «bilmayman» demaydi | «Demak AI yolg’onchi» — yo’q, niyat yo’q; bu mexanizm | Osh va Navoiy savollarini oldindan sinab ko’ring |
| 4 Belgi tanlash | Mukammal ball — ogohlantirish belgisi | «Nega 100% yomon?» — uch tajribani ketma-ket ko’rsating | Teachable Machine sahifasini ochib qo’ying |
2-blok · Til modellari ichida
“2-blok · Til modellari ichida” bo'limiga havola| Dars | Urg’u | Sinfda chiqadigan qarshilik | Tayyorgarlik |
|---|---|---|---|
| 5 Token | «Har so’zga token» nisbati | «Bu adolatsizlik» — ha, va sababi texnik; munozaraga oling | Tiktokenizer sahifasi (ixtiyoriy) |
| 6 Bashorat | «Model biladi» emas, «davom ettiradi» | «Unda javoblari nega to’g’ri?» — ma’lumot to’g’ri bo’lgan joyda mos tushadi | Navoiy ssenariysini o’zingiz bir marta o’ynang |
| 7 Ma’no fazosi | Xarita — soya, haqiqat emas | «Demak model ma’noni biladi» — u masofani biladi | — |
| 8 Gallyutsinatsiya | Modulning tayanchi. Uydirma kitobni har o’quvchi ko’rsin | «Men sezardim» — ovoz berish o’tkazing, keyin natijani ko’rsating | Bu darsga vaqtni siqmang. Kerak bo’lsa munozarani tashlang |
3-blok · AI bilan ishlash — 4D
“3-blok · AI bilan ishlash — 4D” bo'limiga havola| Dars | Urg’u | Sinfda chiqadigan qarshilik | Tayyorgarlik |
|---|---|---|---|
| 9 Delegatsiya | Uchinchi savol: o’rganish maqsadimi | «Vaqt tejash yaxshi-ku» — ha, lekin maqsad boshqa bo’lsa | — |
| 10 Tavsif | To’rt qism bir-birining o’rnini bosmaydi | «Uzun yozsam bo’ldi» — faqat «format» yoqilgan javobni ko’rsating | — |
| 11 Farqlash | Natijasi to’g’ri, yo’li xato javob | «Javob to’g’ri-ku» — keyingi masalada nima bo’lishini so’rang | — |
| 12 Mas’uliyat | Qoidabuzarlik — yashirish | «Maktabimizda qoida yo’q» — bu darsdan oldin siyosat tasdiqlangan bo’lishi kerak | ai-siyosati.mdx tasdiqlangan bo’lsin |
4-blok · Tanqidiy fikrlash
“4-blok · Tanqidiy fikrlash” bo'limiga havola| Dars | Urg’u | Sinfda chiqadigan qarshilik | Tayyorgarlik |
|---|---|---|---|
| 13 Cheklovlar | «Model unutmaydi — u ko’rmaydi» | «Mening AI im eslaydi» — tashqi xotira ekanini tushuntiring | — |
| 14 Yonbosish | Farq ohangda, mazmunda emas | «Bu haqiqat-ku, statistika shunday» — manba so’rang | Ikki javobni doskaga yonma-yon yozing |
| 15 Soxta kontent | Aniqlagich hukmi dalil emas | «Detektor bor-ku» — ikki xato turini ko’rsating | Bu dars maktab siyosatiga bevosita tegishli |
| 16 Tekshirish | Manbani AI dan so’rash tekshiruv emas | «Vaqt yo’q» — «tarqatmaslik» ham javob | Sinfingizda haqiqatan tarqalgan bitta xabarni tayyorlang |
5-blok · Agentlik
“5-blok · Agentlik” bo'limiga havola| Dars | Urg’u | Sinfda chiqadigan qarshilik | Tayyorgarlik |
|---|---|---|---|
| 17 O’rganish rejimi | Siz tushuntirasiz, AI kamchilik topadi | «Bu sekinroq» — ha, va ertaga tezroq | — |
| 18 Xavfsizlik | O’lchov maqsadga aylansa buziladi | «AI ayblanmaydimi?» — aytgan odam javobgar | Maktabingizdagi haqiqiy ko’rsatkichni misol qiling |
| 19 Ko’nikma portfeli | O’rtadagi zona eng katta | «Hamma ish yo’qoladi» / «hech narsa o’zgarmaydi» — ikkala chekka ham | — |
| 20 Capstone | Tugagan ish va tayyor ish farqi | «Loyiham tayyor» — o’n mezonni to’ldirtiring | Capstone muddatini oldindan e’lon qiling |
Baholash
“Baholash” bo'limiga havolaModulning yakuniy o’lchovi test bali emas. Ikki raqam yoziladi va ular o’quvchining o’zida bo’ladi:
- Ushlangan tuzoqlar — 20 tadan nechtasi. Modul sahifasida avtomatik hisoblanadi
- AI Jurnalida topilgan haqiqiy xatolar — o’quvchi o’zi sanaydi
Blok testlari (blok-N-test) o’z-o’zini tekshirish uchun. Baholanadigan
variant Google Forms sahifasida.
Capstone uch qatlamda baholanadi va oshkoralik varaqasi majburiy mezon: u bo’lmasa ish qabul qilinmaydi.